Turkiya IIV: "So‘nggi 6 oyda KIPga qarshi 11 738 amaliyot o‘tkazildi"
Turkiya ichki ishlar vaziri Sulaymon So‘ylu 19 mart kuni turk harbiy kuchlari va xavfsizlik kuchlari so‘nggi olti oyda Kurdiston ishchilar partiyasi (KIP) terrorchi tashkilotiga qarshi 11 738 amaliyot o‘tkazganini ma'lum qildi. Bu haqida Daily Sabah xabar berdi.
So‘ylu Janubiy Karaman provinsiyasidagi politsiya akademiyasida diplom topshirish marosimida ishtirok etar ekan, turk askarlarining jasorati va mehnatsevarligini yuksak baholadi.
"So‘nggi olti oy ichida 153 yirik hodisaning oldi olindi, 4 nafar xudkush-terrorchi va 21 gumondor qo‘lga olindi, shuningdek bomba o‘rnatilgan 22 avtomobil qayd etildi", - deydi So‘ylu.
So‘ylu KIPning tayanch punktlari bo‘yicha davom ettirilayotgan harbiy amaliyotlariga asoslanib, so‘nggi olti oyda Turkiya KIPning 800 tayanch nuqtasini yo‘q qilganini aytdi.
Shuningdek u terrorchilarning harakatlarini cheklovchi amaliyotlar davom etayotganini ma'lum qildi.
"2017 yilda 7,72 million avtomobil tekshiruvdan o‘tkazildi va 92 519 kishiga nisbatan qonuniy choralar ko‘rildi", - dedi vazir.
KIP Turkiya, AQSh va YeIning terrorchi tashkilotlar ro‘yxatiga kiritilgan.
Mavzuga oid
20:48
Erdo‘g‘an Suriyadagi kurd qurolli guruhlarini «ko‘mishga» va’da berdi
12:22 / 23.12.2024
Kurash trenerlari va hakamlarini xorijiy davlatlarga “eksport” qilish yo‘lga qo‘yiladi
21:04 / 22.12.2024
Turkiyada tibbiy vertolyot shifoxona binosiga urilib, qulab tushdi
11:37 / 22.12.2024