Jahon banki Afrika davlatlariga 57 mlrd dollar ajratishini ma'lum qildi
Jahon banki tashkilotlari guruhi Afrikaning Sahroi Kabirdan janubda joylashgan davlatlariga keyingi 3 yil ichida 57 mlrd dollar ajratadi. Bu haqda Jahon banki matbuot xizmati ma'lum qildi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, gap Afrikaning Sahroi Kabirdan janubda joylashgan davlatlarining rekord darajada moliyalashtirilishi haqida ketmoqda. Bu haqdagi qaror Germaniyaning Baden- Baden shahrida qabul qilingan. Bu yerda Jahon banki prezidenti Jim Yen Kim katta yigirmatalikning moliya vazirlari va markaziy banklari rahbarlari yig‘ilishida ishtirok etgan.
Ma'lum qilinishicha, 57 mlrd dollardan 45 mlrdini Xalqaro rivojlanish uyushmasi taqdim qiladi. Qolgan 8 mlrd dollarni Xalqaro moliya korporatsiyasi, 4 mlrd dollarni Xalqaro rekonstruksiya va taraqqiyot banki ajratadi. Bu mablag‘lar aynan qaysi davlatlarga, qanday loyihalarga va qanday miqdorda berilishiga aniqlik kiritilmagan. Shunisi ma'lumki, Xalqaro rivojlanish uyushmasi mablag‘lari joriy yil iyulidan 2020 yil iyunigacha taqdim qilinadi.
Jahon banki prezidenti ushbu loyiha "ushbu mintaqadagi davlatlar rivojlanishi yo‘nalishini o‘zgartirishga misli ko‘rilmagan imkoniyat" hisoblanishini aytdi.
Mavzuga oid
01:53 / 03.09.2024
Iqlim o‘zgarishi Afrikadagi qariyb 120 mln kishiga xavf tug‘dirmoqda
07:22 / 24.06.2024
O‘zbekiston chiqindi gazlarni kamaytirgani uchun Jahon bankidan to‘lov qabul qilgan dunyodagi birinchi davlat bo‘ldi
14:45 / 18.06.2024
JB: O‘zbekistonda ayollar va erkaklarga teng haq to‘lanishini ta’minlash 700 ming kishini kambag‘allikdan chiqaradi
07:40 / 14.06.2024