Fotoreportaj: Andijonda Navro‘z shukuhi
Diyorimizga qutlug‘ qadamlar bilan yosharish ramzi Navro‘zi olam kirib keldi. Xalqimizning ezgu va go‘zal qadriyatlarini o‘zida mujassam etgan bahor ayyomi vatandoshlarimiz orziqib kutadigan umumxalq bayramiga aylangan.
Andijon viloyatining barcha tumanlarida bo‘lib o‘tgan sayillarda aholi vakillari ko‘tarinki ruhda ishtirok etdilar. Bugun Andijon shahrining to‘rtta – Alisher Navoiy nomli bog‘, Bolalar bog‘i, Kamolot bog‘i hamda Bog‘i Boburda xalq sayillari o‘tkazildi. Xiyobonlar, dam olish maskanlari yaqinlari, farzandlari bilan shodiyonada ishtirok etish uchun chiqqan insonlar bilan to‘lib toshgan. Bog‘ishamoldagi “Bog‘i Bobur” maskanida el suygan san'atkorlar, tumanlarning xalq jamoalari, folklor guruhlari ishtirokida katta konsert dasturi namoyish qilindi.
E'tiboringizga, bayram shodiyonalari aks etgan fotolavhalarni havola etamiz.
Kun.uz muxbiri Elmurod Ermatov, Andijon.
Mavzuga oid
16:57 / 19.09.2024
Andijonda elektrdan noqonuniy foydalangan tadbirkordan 20 mln so‘m olgan ETK muhandislari ushlandi
10:00 / 13.09.2024
Xitoy Andijonda chiqindilardan energiya ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi
20:05 / 12.09.2024
Hududlarda tadbirkorlar quyosh panellarini o‘rnatishga majburlanmoqda. Vazirlik tomoshabinmi?
09:50 / 11.09.2024