Jamiyat | 23:05 / 23.03.2017
7851
2 daqiqa o‘qiladi

1478 nafar fuqaro Toshkentda vaqtincha yashash tartibini buzgani aniqlandi

Toshkent shahrining jamoat joylarida, oilada sodir etilayotgan huquqbuzarliklarni oldini olish maqsadida sudlar tomonidan jamoat tashkilotlari, profilaktika inspektorlari bilan hamkorlikda sayyor sud majlislari o‘tkazildi. Hafta davomida 214ta mayda bezorilik va 26ta yengil tan jarohati yetkazish kabi huquqbuzarliklar aniqlandi. 

Shundan, 44ta mayda bezorilik va 21ta yengil tan jarohati yetkazish kabi huquqbuzarliklar sayyor sudlarda muhokama qilindi.

Fuqarolar tomonidan pasport-viza tartibi qoidalariga amal qilishini ta'minlash, qonun buzish holatlarini oldini olish maqsadida, o‘tkazilgan “pasport-viza” tadbiri davomida, 1478 nafar fuqarolar vaqtinchalik ro‘yxatga turish qoidalarini buzganligi, 20 nafar uy egalari noqonuniy yashash uchun sharoit yaratib berganligi holati aniqlanib, ularga nisbatan ma'muriy ta'sir choralari ko‘rildi.

Bundan tashqari, muqaddam sudlanganlar, ichki ishlar idoralarida hisobda turuvchilar o‘rtasida ham profilaktik ishlar amalga oshirildi. Jumladan, 2846 nafar muqaddam sudlangan shaxslar, 6120 nafar ichki ishlar idoralarining profilaktik hisobida turgan shaxslar bilan suhbatlar o‘tkazildi. Bu haqda Toshkent IIBBda bo‘lib o‘tgan matbuot brifingida ma'lum qilindi. 

Mavzuga oid