Fan-texnika | 08:45 / 23.03.2017
27356
2 daqiqa o‘qiladi

Dunyodagi eng ishonchli avtomobillar qaysilar ekanligi ma'lum qilindi

AQShda turli kompaniyalar avtomobillarining buzilib qolishi bo‘yicha statistik ma'lumotlar chop etildi. Unga ko‘ra eng ishonchli avtomobillar qaysilar ekanligini aniqlashga imkon paydo bo‘ldi. Bu haqda Nation News axborot agentligi xabar bermoqda. 

Eng ishonchli avtomobillar orasida "chempionlik" Lexus markasiga nasib qildi. 2-o‘rinni Toyota, 3-o‘rinni Buick markalari egalladi.

Yetakchi o‘ntalikdan Audi, Kia, Mazda, Hyundai, Infiniti, BMW va Honda markalari ham o‘rin oldi.

Modellar orasida eng ishonchli deb Toyota Prius modeli tan olindi. 2-o‘rinni Lexus CT 200h, 3-o‘rinni Infiniti Q70 modellari egalladi.

Eng ishonchli modellar yuqori o‘ntaligidan, shuningdek, Audi Q3, Lexus GX (2-avlod), Lexus GS (4-avlod), Mercedes-Benz GLC, Chevrolet Cruze (2-avlod), Audi Q7 (2-avlod) va Toyota 4 Runner (5-avlod) modellari ham o‘rin oldi.

Mavzuga oid