Italiyalik baliqchilar och delfinlar sababli ish tashlash e'lon qilishdi
Lipar orollari (Italiya) yaqinida ishlovchi italiyalik baliqchilar baliq ovlash to‘rlariga shikast yetkazib, tutilgan o‘ljaning 70 foizini yeb qo‘yuvchi delfinlar sababli ikki kunlik ish tashlash e'lon qilishdi. Bu haqda Repubblica Palermo nashri xabar bermoqda.
Baliqchilik uyushmasi Co.Ge.Pa vakillari hukumatdan och delfinlarga qarshi kurash bo‘yicha choralar ko‘rishni talab qilishmoqda.
"Har tun dengizda omon qolish uchun kurash olib boriladi", deb aytdi uyushma vitse-prezidenti Juzeppe Spinella. Uning ta'kidlashicha, baliqchilarning delfinlarga boshqa hech qanday "e'tirozlari yo‘q".
Konsortsiumga tegishli 119 ta qayiqdan har biri kuniga 25 funt kalmar olib kelishi belgilangan, biroq delfinlar sababli bu miqdor 3 funtgacha kamayib ketgan.
May oyida ba'zi qayiqlar delfinlarni hurkitish uchun akustik pingerlar o‘rnatishmoqchi. Biroq biologlarning taxminlaricha, delfinlar pingerlar tovushlariga ham moslashib, tutilgan kalmarlarni yeb ketishni davom ettiraveradi.
Mavzuga oid
23:26 / 24.09.2024
Italiyadagi ko‘rgazmada 57 yoshli erkak xitoylik haykaltaroshning san’at asarini sindirdi
12:30 / 23.09.2024
Toshkentda birinchi O‘zbekiston-Italiya ta’lim forumi o‘tkaziladi
11:10 / 21.09.2024
O‘zbekiston va Italiya qishloq xo‘jaligida ilg‘or texnologiyalarni joriy etadi
10:20 / 19.09.2024