O‘zbekiston MPA sportchisi Dubaydagi FAZZA-2017 xalqaro turnirida biryo‘la ikki medalni qo‘lga kiritdi
20-25 mart kunlari Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida yengil atletika bo‘yicha FAZZA-2017 Xalqaro Gran-pri turniri bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqida O‘zbekiston Milliy Paralimpiya Assatsiatsiyasi (MPA) matbuot kotibi xabar berdi.
Ushbu musobaqada 50 ga yaqin davlatdan 400 dan ziyod paralimpiya sportchilari kuch sinashmoqda. Shular qatorida O‘zbekiston MPAning 4 nafar sportchisi ham ishtirok etmoqda. Bizning vatandoshlarimiz shu kunga qadar uch medalni qo‘lga kiritishdi.
O‘zbekiston Milliy Paralimpiya terma jamosining FAZZA-2017 xalqaro turnirida ishtirok etgan a'zosi Semenova Natalya yengil atletikaning yadro otish turi bo‘yicha - kumush, nayza otish turi bo‘yicha esa oltin medallarni qo‘lga kiritdi.
Yana bir sportchimiz Sultonov Elbek yadro otish musobaqalarida faxrli uchinchi o‘rinni egalladi.
Bundan tashqari, mazkur turnirda hamyurtlarimizning yadro uloqtirish hamda disk otish bahslarida ishtirok etishlari ham kutilmoqda.
Mavzuga oid
13:50 / 13.09.2024
Dubaydan Toshkentga uchishi kerak bo‘lgan aviareys majburan bekor qilindi
19:31 / 07.09.2024
Dubayda dunyodagi ikkinchi eng baland osmono‘par bino qurilmoqda
11:47 / 29.08.2024
O‘zbekiston Dubaydagi yirik biznes vakillarini xususiylashtirish loyihalariga jalb qiladi
08:30 / 16.08.2024