Jahon | 00:49 / 24.03.2017
5742
2 daqiqa o‘qiladi

Qohira sudi Husni Muborakka nisbatan yopilgan ishni yana qo‘zg‘atmoqchi

Qohira jinoyat sudi 23 mart kuni Mirsning sobiq prezidenti Husni Muborak va bir qator sobiq amaldorlarga qarshi yopilgan korrupsiya ishini qayta ko‘rib chiqishni tayinladi. Bu haqda Al-Youm Al-Sabea nashri xabar berdi

Ushbu ish Misr rahbariyati vakillari tomonidan Misrdagi eng yirik nashriyot uyi "Al-Ahrom"dan qimmatbaho sovg‘alar olinishi bilan bog‘liq bo‘lib, gap oltin soatlar va ruchkalar, zargarlik buyumlari, charm sumkalar va erkaklar charm kamarlari olinishi haqida ketmoqda. Prokuratura bu sovg‘alarni judda qimmatbaho deb hisoblab, ishning yopilishi haqidagi qaror ustidan shikoyat qildi.

Ish 2016 yilda amaldorlardan bir qismi davlatga mablag‘larning bir qismini qaytargach, arxivga jo‘natilgandi. Husni Muborakdan bu ish bo‘yicha ayblovlar olingan, chunki uning advokati sobiq prezident bu mablag‘larni prezident bo‘lgan davrdayoq davlat g‘aznasiga qaytarganini isbotlay olgan.  

Ayni vaqtda Muborak Qohiradagi harbiy gospitalda shifokorlar nazoratida qolmoqda. Mart oyi boshida Misr kassatsiya sudi Muborakning 2011 yildagi aksilhukumat namoyishlarda odamlarning halok bo‘lishiga aloqadorligi ishi bo‘yicha unga to‘liq oqlovchi hukm chiqargan. Shundan keyin Misr bosh prokuraturasi uni ozod qilishga rozilik bergan.

Mavzuga oid