Buffon faoliyatidagi minginchi o‘yinini o‘tkazdi
Italiya terma jamoasi darvozaboni Djanluidji Buffon Jahon chempionati-2018 saralash bosqichining Albaniyaga qarshi o‘yinida asosiy tarkibda maydonga tushdi.
39 yoshli o‘yinchi uchun bu match professional futbolchilik faoliyatidagi minginchisi bo‘ladi. Buffon 612 o‘yinda «Yuventus» libosini 220tasida «Parma» sha'nini himoya qilgan. «Skuadra adzurra» uchun u 168 marta maydonga tushdi.
Buffon, shuningdek, Yevropa terma jamoalari o‘yinchilari orasida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchi hisoblanadi. U Iker Kasilyas (167) va latviyalik Vitaliy Astafevni (167) ortda qoldirdi.
Bu boradagi jahon rekordi misrlik Ahmad Hassanga tegishli bo‘lib, u o‘z terma jamoasi uchun 184 marta maydonga tushgan.
Mavzuga oid
16:48 / 17.11.2024
Italiyalik tadbirkor o‘g‘irlab ketilishini uyushtirgan o‘zbekistonlik qo‘lga olindi
22:08 / 15.11.2024
Alp tog‘larida turistlar 280 mln yillik qadimiy hayvonlar izlariga duch keldi
18:29 / 12.11.2024
Italiyada 2 mingdan ziyod soxta san’at asarlari musodara qilindi
15:17 / 11.11.2024