Erkaklardagi ortiqcha vaznning yashirin sabablari
Reklama roliklari va jurnallarda ortiqcha vaznga ega bo‘lmagan xushbichim erkaklar suratlari qo‘yiladi. Ular sog‘lom va ko‘rkam hisoblanadi. Biroq bu asosan plakat va suratlarda shunday. Ko‘chada esa biz ortiqcha vaznli va hatto semizlikdan nafasi siqadigan erkaklarni uchratamiz. Vazn yig‘ilishining ko‘p ovqatlanish kabi oddiy sababi bilan birga biz bilmagan yashirin sabablari ham talaygina. Xushbichim bo‘lishni istaysizmi - faol hayot tarziga rioya qiling.
Gormonlar jangi
Erkaklarda gormonal fonning buzilishi vaznning nazoratdan chiqishiga olib kelar ekan. Bu nima degani? Erkak kishi sog‘lom hayot tarzini olib borib, 2-3 marta sport zaliga qatnagan taqdirda ham, vazn to‘plashi mumkin. "Gormonal vazn" - bu ortiqcha 3-5 kilogramm. Bu muammoni endokrinolog yoki malakali psixolog hal qiladi.
Real hayotdagi bulimiya
To‘g‘risini aytganda, erkaklar ham parhez qilishadi hamda bulimiya va hatto anoreksiyadan aziyat chekishadi. Bu vazn to‘plashning yana bir jiddiy sababidir. Erkaklar ularda bulimiya bo‘lishi mumkin emas deb o‘ylab adashishadi, keyin esa uni enterolog va diyetologlar tavsiyasi asosida davolashadi.
Noto‘g‘ri ovqatlanish dasturi
Muntazam ravishda zalda shug‘ullanuvchi kishilar maxsus ishlab chiqilgan dastur asosida oziqlanishadi va shu yo‘l bilan vazn to‘plashadi. Tegishli bilimga ega bo‘lmagan zal murabbiyi tomonidan ishlab chiqilgan oziqlanish dasturi organizm uchun sekin ta'sir qiluvchi bomba kabidir. Katta jismoniy harakatlar amalga oshirilgan taqdirda ham insonning vazn to‘plashi - organizmda nimadir noto‘g‘ri ketayotganiga ishora qiluvchi birinchi belgi.
Gipodinamiya
Erkaklar 30 yoshdan keyin ikki karra ko‘p harakatlanishi kerak, chunki moddalar almashinuvi sekinlashadi, yog‘ qatlamlarining shakllanish jarayoni esa tezlashadi. Bu yoshda faqat juda faol hayot tarzini olib boruvchi kishilargina xushbichimlikni saqlab qolishadi. "Men haftada 3 marta zalga chiqaman" varianti bu yoshda ketmaydi, organizm bu ritmga o‘rgangan va unga ortiqcha kuch sarflamaydi - organizmni 25-28 yoshdagidan ko‘proq energiya sarflashga majbur qilish kerak.
Mavzuga oid
17:32
Olimlar uyqu sifatini oshiruvchi formulani taklif qildi
16:48 / 16.11.2024
Xitoyda ayol bir sutkada olti marta plastik operatsiya qilinganidan so‘ng vafot etdi
15:46 / 14.11.2024
“Abadiy ximikatlar” yoshlarda buyrak shikastlanishiga olib kelishi mumkin - tadqiqot
15:19 / 13.11.2024