Jamiyat | 15:12 / 27.03.2017
11491
2 daqiqa o‘qiladi

Namangan viloyati hokimi boshchiligidagi delegatsiya Sverdlovskda: Birinchi kun tafsilotlari

Namangan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi viloyat delegatsiyasi Rossiyaning Sverdlovsk viloyatiga 26 mart kunining tongida yetib keldi. Bu haqda Viloyat hokimligining axborot xizmati xodimi Hojiakbar Pattayev Kun.uz’ga xabar bermoqda.   

Yekaterinburgda delegatsiyani Sverdlovsk viloyati hukumati rasmiy vakillari hamda «Ural o‘zbeklari ittifoqi» rahbari Z.Olloberganovlar kutib olishdi.

Rejaga asosan delegatsiya a'zolari «Universitetsikiy» texnoparkiga tashrif buyurishdi. Zamonaviy texniika yutuqlari bilan jihozlangan texnoparkni direktor o‘rinbosari M.Nuriyev tanishtirdi. 

Aytish joizki, mazkur texnoparkdagi o‘zaro tajriblar almashilgani nafaqat hamkorlar uchun balki o‘zbekistonlik tadbirkorlar uchun ham ahamiyatli bo‘ldi.

Shuningdek, kun davomida Yekaterinburgda joylashgan Rossiya federatsiyasining birinchi Prezidenti Boris Yeltsin markaziga sayohat uyushtirildi.

Kun yakunida o‘zbekistonlik mehmonlar uchun «Ural o‘zbeklari ittifoqi» jamoat tashkiloti tomonidan yuqori saviyada madaniy dastur tashkil etildi.

Yekaterinburgda amaliy uchrashuvlar bugun ham davom etmoqda. Kunning ikkinchi yarmida tashkil etiladigan Biznes forum va ko‘rgazmada ijobiy natijalar kutilmoqda.

Mavzuga oid