Jahon | 09:34 / 28.03.2017
3831
2 daqiqa o‘qiladi

CNN: Tramp Meksika bilan chegarani mustahkamlash uchun 1 milliard dollar sarflamoqchi

AQSh prezidenti Donal Tramp ma'muriyati Meksika bilan chegaraning qariyb 100 kilometrlik qismini mustahkamlash uchun byudjyetdan 1 milliard dollar ajratilishiga umid qilmoqda. Bu haqda CNN telekanali xabar berdi

Telekanal jurnalistlari qo‘liga AQSh milliy xavfsizlik vazirligi (MXV) hujjatlari kelib tushgan. Ularda aytilishicha, ko‘rsatilgan mablag‘lar 77-kilometrdan iborat bo‘lgan devorni qurishga sarflanishi hamda hozirda bor bo‘lgan 22,5 km.lik devorni mustahkamlashga mo‘ljallanmoqda. Ma'muriyat yangi devorni San-Diyego shahri (Kaliforniya shtati) yaqinida qurmoqchi. Gap keng ko‘lamli loyihaning birinchi bosqichi haqida bormoqda.

Ma'muriyat yana 2,6 mlrd dollarni 2018 yilda, chegara yaqinidagi infratuzilmani rivojlantirish maqsadida olmoqchi. Hujjatlarga ko‘ra, AQSh hukumati chegaraning boshqa qismlarini mustahkamlash hamda qo‘lga olingan noqonuniy muhojirlar saqlanadigan yangi markazlar qurilishiga millionlab dollar mablag‘ni yo‘naltirmoqchi. Telekanal ma'lumotiga ko‘ra, devorning bir qator elementlari betonli bo‘ladi.

Tramp 25 yanvar kuni Meksika bilan chegada to‘siq qurish haqidagi farmonga imzo chekdi hamda uni amalga oshirish darhol boshlanishi haqida ma'lum qildi. Respublikachi saylovoldi kampaniyasi vaqtida bunday devorni qurish haqida bir necha bora ma'lum qilgan, u AQShga giyohvand moddalar va noqonuniy muhojirlar kirib kelishining oldini oladi.

Shu bilan birga, Tramp qurilish uchun Meksika hukumati pul to‘lashi kerakligini bir necha bora ma'lum qilib o‘tgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, to‘siq balandligi taxminan 15 metrni tashkil etishi kerak, uning qiymati esa 10-12 mlrd dollarga baholangan. Meksika prezidenti Enrike Penya Neto esa garchi davlat Tramp ma'muriyati bilan yaxshi munosabatlardan umid qilsa-da, devor qurilishiga pul to‘lamasligini aytib o‘tgan.

Mavzuga oid