O‘zbekiston | 19:18 / 30.03.2017
31190
3 daqiqa o‘qiladi

"Afrosiyob" poyezdlari harakatlanish vaqti o‘zgardi

O‘zbekistonda uchinchi “Afrosiyob” elektropoyezdi olib kelinganligi munosabati bilan joriy yilning 10 aprel sanasidan boshlab, Toshkent—Samarqand—Toshkent yo‘nalishida ham yuqori tezlikda xarakatlanuvchi elektropoyezdlarning muntazam qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. 

Shu munosabat bilan “Afrosiyob” elektropoyezdlarining harakatlanish vaqti quyidagicha etib belgilandi:

Toshkent—Qarshi—Toshkent yo‘nalishida harakatlanadigan 760/759 sonli “Afrosiyob” elektropoyezdi kunning birinchi qismida ertalab soat 7:00 da Toshkent markaziy vokzalidan manzil tomon harakatlansa, kunning ikkinchi qismida soat 16:48da Qarshi vokzalidan ortga qaytadi. 

Toshkent—Buxoro—Toshkent yo‘nalishidagi 762/761 sonli elektropoyezd esa soat 7:30 da poytaxtdan Buxoro tomon harakatni boshlab, shu kuni 15:51da ortga qaytadi. 

Toshkent—Samarqand—Toshkent yo‘nalishida yo‘lga qo‘yilgan 764/763 sonli yuqori tezlikdagi “Afrosiyob” esa ertalab soat 8:00da vokzaldan jo‘nab, kunning ikkinchi qismi 17:00 da Toshkentga qaytadi.

Shu bilan bir qatorda mazkur sanadan boshlab, Toshkent—Buxoro yo‘nalishidagi “Sharq”, Toshkent—Qarshi yo‘nalishidagi “Registon” hamda 380/379 sonli Toshkent—Termiz yo‘nalishidagi yo‘lovchi poyezdlar harakatlanish vaqtiga ham o‘zgarishlar kiritildi. Bu borada belgilangan o‘zgarishlarni www.railpass.uz veb-saytidan bilib olishingiz mumkin.

Ma'lumot uchun, Toshkent—Buxoro—Toshkent yo‘nalishida harakatlanayotgan “Afrosiyob” elektropoyezdiga 10 aprel sanasidan keyingi qatnov kunlarida chipta xarid qilgan yo‘lovchilar harakat jadvaliga kiritilgan o‘zgarishlarni inobatga olishi so‘raladi. Ya'ni, shu kundan boshlab poyezd Buxoroga 8:00da emas, balki 7:30 da harakatlana boshlaydi. Xarid qilingan chiptalarni esa chiptaxonadan almashtirmasdan turib yangi ko‘rsatilgan vaqtda foydalanish mumkin.

Mavzuga oid