Jahon | 00:36 / 30.03.2017
7321
1 daqiqa o‘qiladi
Turkiya "Frot qalqoni" operatsiyasi muvaffaqiyatli yakunlanganini e'lon qildi
Turkiya qurolli kuchlarining Suriya shimolidagi "Frot qalqoni" harbiy operatsiyasi muvaffaqiyatli yakunlandi, deb xabar bermoqda Hurriyet nashri.
Bu haqda Turkiya milliy xavfsizligining Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an boshchiligida o‘tgan yig‘ilishida ma'lum bo‘ldi.
"Mamlakatni IShID tomondan bildirilgan xavfdan himoya qilishni ta'minlash maqsadida boshlangan "Frot qalqoni" operatsiyasi muvaffaqiyatli yakunlandi", deyilgan yig‘ilishda.
Anqara operatsiyani Suriya shimolida 2016 yil 24 avgustda IShID jangarilariga qarshi boshlagandi. Operatsiya davomida Suriyaning Turkiya bilan chegaradosh bo‘lgan Jarablus va Al-Bob shaharlari ozod qilingan.
Mavzuga oid
11:30 / 01.10.2024
BMT: 100 000 kishi Livandan Suriyaga qochdi
16:11 / 09.09.2024
Suriyada Isroil zarbasi oqibatida 14 kishi halok bo‘ldi
21:57 / 07.09.2024
AQSh Iroqdan qo‘shinlarini olib chiqish sanasi ma’lum bo‘ldi - OAV
12:52 / 10.08.2024