Xokkey o‘yini vaqtida darvozabon hushini yo‘qotdi
NXL chempionatida ishtirok etuvchi «Filadelfiya» xokkey klubi darvozaboni Mixal Noyvirt o‘yin vaqtida hushini yo‘qotdi.
Ushbu hodisa «Nyu-Jyersi»ga qarshi o‘yin vaqtida ro‘y bergan. Birinchi bo‘lim o‘rtasida, o‘yin raqib hududida kechayotgan vaqtda darvozabon o‘z darvozasi oldida birdaniga ortga qulagan.
O‘yin to‘xtatilgan va Noyvirtga yordam berish uchun shifokorlar yetib kelgan. Darvozabon ko‘p o‘tmasdan o‘ziga kelgan, ammo uni muz maydonidan zambilga solib olib chiqib ketishgan. Uni tekshirish uchun shifoxonaga olib ketishgan.
Noyvirtning o‘rniga Entoni Stolarts o‘yinni davom ettirgan. Uchrashuv «Filadelfiya»ning 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan.
Xokkeychilardan biri Jordan Uilning taxmin qilishicha, Noyvirtning qulashiga qattiq chanqoqlik sabab bo‘lgan.
Mavzuga oid
18:43 / 02.04.2024
O‘zbekistonda xokkey bo‘yicha birinchi xalqaro turnir o‘tkaziladi
21:58 / 01.09.2023
Toshkentning «Humo» xokkey klubi Qozog‘iston kubogini qo‘lga kiritdi
22:18 / 12.04.2023
«Humo» xokkey klubi Qozog‘iston chempionatida ikkinchi o‘rinni egalladi
18:48 / 08.05.2020