Putin: O‘zbekiston bilan tovar aylanmasi hajmi 260 foizga o‘sgan
Rossiya prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuv vaqtida ma'lum qildiki, Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi tovar aylanmasi hajmi hayratlanarli darajada o‘sgan. Bu haqda «Gazeta.Ru» muxbiri xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, tovar aylanmasi hajmi ba'zi o‘rinlarda 260 foizga o‘sgan.
«Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetkazib berish hajmi 2 baravardan ortiqroq o‘sgan», — degan Putin.
Ayni vaqtda Rossiya O‘zbekistonning ikkinchi yirik iqtisodiy hamkori hisoblanadi (Xitoydan keyin). Keyingi 5 yilda O‘zbekiston iqtisodiyotidagi Rossiya investitsiyalari hajmi 6 milliard dollarni tashkil etgan.
O‘zbekistonning tashqi savdosidagi Rossiya o‘rni - 17 foizga teng. O‘tgan yilda O‘zbekistondan Rossiyaga meva va sabzavot yetkazilishi hajmi 2,3 baravarga oshib, 143 min tonnani tashkil etgan.
Mavzuga oid
16:17 / 25.09.2024
Shavkat Mirziyoyev: “Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha O‘zbekiston tajribasini yaratdik”
16:16 / 25.09.2024
Toshkentdan Buxorogacha tezyurar poyezdlar uchun yangi temiryo‘l quriladi - prezident
16:06 / 25.09.2024
Shavkat Mirziyoyev OIIB boshqaruvchilarining yillik uchrashuvi ochilishida ishtirok etdi
21:24 / 23.09.2024