O‘zbekiston | 19:47 / 05.04.2017
42250
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekiston Rossiyaning ayrim mahsulotlariga aksiz soliqlarini bekor qildi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ma'lum qilishicha, rasmiy Toshkent Rossiyaning qator mahsulotlariga qo‘llaniladigan aksiz soliqlarini bekor qilgan.
"Biz Rossiyaning ayrim mahsulotlariga aksiz soliqlarini pasaytirish yoki butunlay bekor qilishga qaror qildik. Bular tijoriy avtomobillar, po‘lat prokati, oziq-ovqat sanoati mahsulotlari va qurilish materiallaridir", — dedi Mirziyoyev O‘zbekiston-Rossiya o‘rtasida o‘tkazilgan kengaytirilgan muzokaralar chog‘ida.
U, savdo-iqtisodiy sohada qulay sharoitlarni taqdim etish bu yo‘nalishda ikki tomonlama hamkorlikni sezilarli kengaytirish hamda mahsulot ayirboshlash hajmini sezilarli oshirishiga ishonch bildirdi.
Mavzuga oid
18:57
Rossiyada migratsiya siyosatini kuchaytiradigan beshta qonun loyihasi ko‘rib chiqiladi
13:31
Putin Rossiyaning yadro doktrinasini o‘zgartirmoqchi. Bu amalda nimani anglatadi?
11:54
Sobiq sovet davlatlari tarix darsliklarida Rossiya salbiy obrazda tasvirlanayotganidan shikoyat qilindi
22:10 / 28.09.2024