Jamiyat | 02:59 / 06.04.2017
6386
1 daqiqa o‘qiladi

Qatarning Somalidagi elchixonasi oldida portlash yuz berdi

Foto: AFP

Qatarning Somali poytaxti Mogadishodagi elchixonasi oldida portlash yuz berdi. Buning oqibatida 4 kishi yaralandi, deb xabar bermoqda "Sinxua" axborot agentligi. 

Portlash 5 dekabr kechki vaqt yuz bergan.

Hozircha hududda harakat qiluvchi birorta guruh ushbu portlash uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmadi. 

Avvalroq Mogadishoda portlovchi moddalar bilan to‘ldirilgan mashina kafega borib urilishi oqibatida 6 kishi halok bo‘lgandi.

Somalida anchadan beri "Ash-Shabob" terrorchilik guruhi harakat qilib keladi. Guruh mamlakatning markaziy hukumatiga qarshi qurollangan kurash olib boradi va BMTning gumanitar faoliyatiga to‘sqinlik qiladi. 

Mavzuga oid