Apple, Samsung, Microsoft: Mashhur kompaniyalarning suddagi janglari
Mualliflik huquqi uchun eng mashhur olishuvlar qanday kechganini bilasizmi? Sud uchun qancha mablag‘ sarflanganini-chi?
Yirik kompaniyalar mualliflik huquqi uchun tez-tez tortishib turishadi. Ba'zida taniqli brendlarning o‘zaro tortishuvi iqtisodni to‘laqonli rivoji uchun o‘z hissasini qo‘shadi. Diqqat qiling, e'tiboringizga dunyodagi eng katta sud olishuvlarini havola etamiz.
10. Dyson Hoover’ga qarshi, 2000 yil
Davomiyligi: 1 yil
G‘olib: Dyson
Zarar: 4,9 mln dollar
Tortishuv sababi: Dyson vakillari o‘z arizasida Hoover kompaniyasini chiqindilar to‘plashda qopsiz ishlaydigan changyutgich patentini buzganlikda ayblashdi. Mazkur texnologiya Jyeyms Dayson ixtirosi bo‘lib, Hoover Vortex modelida ishlatilgan. Hoover ikki marotaba appelyatsiyaga beradi va har ikkisida ham mag‘lub bo‘ladi. Bundan tashqari, Hoover Vortex modelini sotishi ham man etiladi.
9. Oracle SAP’ga qarshi, 2007 yil
Davomiyligi: 7 yil
G‘olib: Oracle
Zarar: 357 mln dollar
Tortishuv sababi: Oracle qayd etishicha, SAP kompaniyasining TomorrowNow bo‘limidagi xodimlar noqonuniy tarzda Oracle serveridan mualliflik huquqi bilan himoyalangan hujjat va dasturlarni yuklab olishgan. SAP qonun buzganlik holatini tan oladi va kelishishga harakat qiladi. Biroq sud baribir Oracle uchun 1,3 mlrd dollar hisobida tovon puli to‘lashni talab qiladi. Keyinchalik bu qiymat 357 mln dollarga tushadi va har ikki kompaniya shu qarorga keladi.
8. 20th Century Fox kinostudiyasi Universal Studios’ga qarshi, 1978 yil
Davomiyligi: 2 yil
G‘olib: Universal Studios
Zarar: noma'lum
Tortishuv sababi: 20th Century Fox studiyasining 1977 yilda namoyish etilgan «Yulduzlar jangi» birinchi filmining muvaffaqiyatli taqdimotidan so‘ng Universal Studios ham kosmik fantastikasi janriga qo‘l urishga qaror qiladi va Battlestar Galactica’ni ishga tushiradi. Universal Studios mualliflik huquqiga zarar yetkazilganini qayd etadi. Hujjatlarda 34 aniq ko‘chirilgan epizodlar taqdim etilgan: masalan, «O‘zga sayyoralik musiqachilarning Kafe (Star Wars) yoki kazino (Battlestar)dagi chiqish sahnasi». Bu ish suddan tashqarida hal etilgan va ABC telekanali serial translyatsiyasini bekor qiladi.
7. Gucci Guess’ga qarshi, 2009 yil
Davomiyligi: 4 yil
G‘olib: Gucci ham, Guess ham
Zarar: 4,7 mln dollar
Tortishuv sababi: Gucci kompaniyasi 2009 yilda Guess’ga qarshi 4 yillik yuridik kurashni boshlaydi. Uning qayd etishicha, Guess o‘zining poyabzallar liniyasida Gucci logotipini ko‘chirgan. Gucci shuningdek, Guess kompaniyasini soxta materiallar tayyorlashda va tovar belgisini noqonuniy ishlatganlikda ayblaydi hamda tovon puli sifatida 221 mln dollar talab qiladi. Gucci ikkita da'vo ishi ochadi: Nyu-York va Milanda. Nyu-Yorkda ish Gucci foydasiga hal bo‘ladi va 4,7 mln dollar undiriladi, Milan sudi Guess tomonini yoqlab, G harfi ko‘rinishidagi belgilar moda olamida keng tarqalganini qayd etadi.
6. Apple Microsoft’ga qarshi, 1998 yil
Davomiyligi: 6 yil
G‘olib: Microsoft
Zarar: noma'lum
Tortishuv sababi: Apple kompaniyasi Macintosh kompyuterini ishlab chiqarganida Microsoft’ga Windows 1.0 tizimida foydalanuvchi interfeysidagi ba'zi elementlardan foydalanishga ruxsat beradi. Microsoft Windows 2.0 tizimini ishlab chiqarganida, unga Macintosh dasturiy ta'minotida uchraydigan boshqa funksiyalarni ham qo‘shadi. Apple mualliflik huquqi buzilganini ta'kidlaydi va interfeysning 189 ta o‘g‘irlangan qismini sanab o‘tadi. Olti yillik mojarolardan so‘ng sud Apple kompaniyasining qariyb barcha da'volarini rad etadi.
5. A&M Records Napster’ga qarshi, 2011 yil
Davomiyligi: 5 yil
G‘olib: A&M Records
Zarar: 26 mln dollar
Tortishuv sababi: Dastavval, Napster musiqaning qaroqchilik usulida almashinuvini yo‘lga qo‘yadi va bu da'vo ochilishiga sabab bo‘ladi. Tez orada musiqa kompaniyalari studiyani sudga berishadi. A&M Records kompaniyasi Amerikaning butun boshli ovoz yozish assotsiatsiya nomidan rasmiy da'vo bilan chiqadi. Sud jarayonidan so‘ng Napster faoliyatiga yakun yasaladi.
4. Microsoft Motorola'ga qarshi, 2010 yil
Davomiyligi: 5 yil
G‘olib: Microsoft
Zarar: 14,5 mln dollar
Tortishuv sababi: Microsoft Motorola’ni o‘zi patentlagan texnologiyalarning litsenziyasini haddan ziyod qimmat qilishda ayblaydi. Motorola o‘z patentlari litsenziyasi uchun 4 mlrd dollar so‘ragan. Biroq sud bunday qiymatdagi tovon puli adolatli emas, deb qaror qiladi va Motorola’dan Microsoft kompaniyasiga shartnoma shartlarini buzganligi uchun 14,5 mln dollar to‘lashini talab qiladi.
3. VR kompaniyasi Transocean Offshore va Halliburton’ga qarshi, 2010 yil
Davomiyligi: 5 yil
G‘olib: yo‘q (bitim imzolangan)
Zarar: noma'lum
Tortishuv sababi: Neftni Deepwater Horizon platformasida quyish oqibatida 11 ishchi halok bo‘ladi, Meksika ko‘rfaziga esa millionlab barrel neft to‘kiladi. BP jarima va xarajatlar ko‘rinishida hududni tozalash uchun 40 mlrd dollarga yaqin mablag‘ to‘laydi. Biroq BP o‘z hamkorlari bo‘lmish Transocean Offshore va Halliburton kompaniyalari ham bu xarajatlarni qoplashi kerakligini aytadi va 15 mlrd dollar talab qiladi. The Wall Street Journal xabariga ko‘ra, 2015 yilda kompaniyalar bu nizolarni tinch yo‘l bilan hal etishdi.
2. Apple Samsung’ga qarshi, 2011 yil
Davomiyligi: 2012 yildan hozirgacha
G‘olib: noma'lum
Zarar: noma'lum
Tortishuv sababi: Bu texnologiya sohasidagi eng yirik sud jangi sanaladi. Apple Samsung kompaniyasini Galaxy S seriyasida ko‘chirmakashlik qilganidan shikoyat qiladi. 2012 yilda sud Samsung’ni patent buzganlikda ayblaydi. Avvaliga, Koreya kompaniyasi 1 mlrd dollarga yaqin tovon puli to‘lashi lozim edi, biroq mablag‘ 548 mln dollarga, keyinroq esa —399 mln dollarga tushadi. Hozirda Samsung uchun belgilangan jarima nimaga asoslanib olingani ustida katta muzokaralar davom etmoqda — dekabr oyida AQSh oliy sudi 399 mln dollar hisobidagi tovon pulini bekor qildi va da'voni federal sudga qaytarib berdi. Ikki yirik kompaniya o‘rtasidagi bu kabi ko‘plab da'volar dunyoning turli burchaklarida o‘rganilmoqda.
1. Apple Ericsson’ga qarshi, 2015 yil
Davomiyligi: 1 yil
G‘olib: Ericsson
Zarar: oshkor etilmagan
Tortishuv sababi: Apple Ericsson’ni LTE texnologiyasining litsenziyasi uchun ko‘p pul so‘raganlikda aylab, kompaniyani sudga beradi. Ericsson ham qarshi da'vo ko‘tarib, Apple kompaniyasini 40 dan ortiq patentlarni buzganlikda ayblaydi. Da'vo suddan tashqari holatda ko‘rib chiqiladi. Hattoki, Apple oshkor qilinmagan qiymatdagi tovon pulini to‘lashga majbur bo‘ladi. Bunday holat, faqatgina Apple boshiga tushmaydi — 2014 yilda Ericsson va Samsung o‘rtasida ham suddan tashqari muzokaralar bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
08:10 / 15.11.2024
Apple BBC, The Insider va "Exa Moskvy" podkastlarini Rossiyada yashirib qo‘ydi
23:31 / 14.11.2024
iCloud mijozlari Apple kompaniyasini sudga berdi
16:54 / 13.11.2024
Apple iPhone narxidagi kitobini chiqardi
11:28 / 10.11.2024