Astraxandagi hujumlar uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga oldi
IShID terrorchilik guruhi Astraxanda ikki politsiyachining o‘ldirilishi va Rosgvardiya jangchilariga hujum qilinishi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi.
Bu haqda jangarilarning faoliyatini monitoring qiluvchi SITE Intelligence Group tashkiloti ma'lum qildi.
Ta'kidlanishicha, ushbu xabarni IShID terrorchilari bilan hamkorlik qiluvchi Amaq axborot agentligi chop etgan.
4 aprelda yo‘l-transport hodisasi ishtirokchilari to‘qnashuv joyiga kelgan politsiya xodimlarini otib tashlab, voqea joyidan qochib ketishgan. Keyinroq politsiya ikki gumonlanuvchini qo‘lga olgan, yana 5 jinoyatchi yashirinishga muvaffaq bo‘lgan.
6 aprelga o‘tar kechasi Astraxanda noma'lum kimsalar avtomobil salonidan Rosgvardiyaning uch jangchisini o‘qqa tutgan. Buning oqibatida jangchilar jarohat olganlar, bosqinchilardan biri voqea joyida o‘ldirilgan. So‘ngra Rosgvardiya jangchilari maxsus operatsiya davomida bu ikki hujumda gumon qilinganlarning barchasini yo‘q qilganlar.
Mavzuga oid
09:10 / 04.11.2024
Moskvada Rosgvardiya generali Mirza Mirzayev qo‘lga olindi
12:00 / 21.10.2024
GFRda IShID tarafdori Isroil elchixonasiga hujum uyushtirishni rejalashtirgan
15:11 / 05.10.2024
“O‘zbekiston DXX Rossiyaga IShID a’zolarini tutishga yordam bergan” - Bortnikov
20:19 / 28.09.2024