Shavkat Mirziyoyev Stokholm voqeasi munosabati bilan Shvetsiya qiroliga hamdardlik bildirdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Shvetsiya Qiroli Karl XVI Gustavga Stokholm shahrida sodir etilgan terrorchilik harakati oqibatida insonlar halok bo‘lishi munosabati bilan chuqur hamdardlik bildirib maktub yo‘lladi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Davlat rahbari halok bo‘lganlarning oila a'zolari va yaqinlariga samimiy hamdardlik va dalda so‘zlarini yetkazdi hamda barcha jarohat olganlarga tez orada sog‘ayishni tiladi.
Eslatib o‘tamiz, 7 aprel kuni kunduzi yuk mashinasi haydovchisi shahar markazidagi Sergelstorg maydonida odamlarni bosib ketgan edi. Avtomobil univermagga urilganidan so‘ng yonib ketgan. So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, 4 kishi hayotdan ko‘z yumgan.
Mavzuga oid
17:58 / 11.09.2024
AQSh tarixidagi eng yirik terakt - 11 sentabr voqealarini aks ettirgan suratlar
09:15 / 10.09.2024
Belgiya: chechenistonlik shaxs teraktga tayyorgarlik ko‘rgani uchun 15 yilga qamaldi
19:40 / 01.09.2024
Beslan, 2004 yil 1 sentabr. 20 yil muqaddam Rossiya tarixidagi eng qo‘rqinchli terakt ro‘y bergandi
17:35 / 29.08.2024