Jahon | 09:32 / 09.04.2017
29928
2 daqiqa o‘qiladi

NI Tramp Suriyaga zarba berish bilan nimalarni yo‘qotgani haqida fikr bildirdi

AQSh prezidenti Donald Tramp Suriyaga raketa zarbasi berib, uning nomzodini saylovlarda qo‘llab-quvvatlaganlardan ko‘pchiligining noroziligini keltirib chiqardi. Bu haqda The National Interest nashri jurnalisti Deniel Makkarti yozmoqda.

Trampning konservator siyosatchilar Ron Pol va Patrik Byukenen atrofida birlashgan ko‘plab tarafdorlari undan yuz o‘girdilar. Trampni qo‘llab-quvvatlovchi asosiy resurslardan biri bo‘lgan Breitbart sayti sharhlovchilari ham Trampning bu qaroridan ranjidilar. Tramp o‘z tarafdorlari ishonchini yo‘qotmagan bo‘lsa-da, biroq bunday bo‘lishi unga xatar solmoqda, deb aytmoqda jurnalist.

O‘ng saylovchilar Trampdan immigratsiyani cheklash va Yaqin Sharqdagi urushlarda ishtirok etishdan voz kechishni kutgandilar, biroq Tramp bu va'dalarini bajarmayapti. Biroq jurnalistning aytishicha, Trampda Suriyaga zarba berishi bilan senatorlar Jon Makkeyn va Lindsi Grem kabi yangi tarafdorlari paydo bo‘ldi. 

Trampda siyosatchiga zarur bo‘lgan "mustahkamlik zaxirasi" deyarli yo‘q, u AQShning oxirgi prezidentlaridan eng nomashhuri hisoblanadi. Makkartining fikricha, saylovoldi kampaniyasi va inauguratsiya vaqtida Trampga tarafdorlarining mustahkam yadrosi qo‘llab-quvvatlovi yordam bergan va Makkeyn strategiyasini afzal bilib, o‘z tarafdorlarini ranjitish uncha ongli siyosiy qadam hisoblanmaydi.

Muallifning aytishicha, prezident saylovchilar tomondan ommaviy qo‘llab-quvvatlanishi uchun birinchi navbatda sovuqqonlikni saqlashi va e'tiborini AQSh manfaatlariga qaratishi lozim.  

Mavzuga oid