Sport | 22:05 / 11.04.2017
6813
2 daqiqa o‘qiladi

Britaniyalik tennischi Marrey to‘plarni uzatuvchi bola bilan o‘rin almashdi

Britaniyalik tennischi Endi Marrey shveysariyalik tennischi Rodjyer Federer bilan o‘tkazgan "Afrika uchun match" xayriya uchrashuvi davomida to‘plarni uzatib beruvchi bolaga o‘zaro o‘rin almashishni taklif qildi. Marrey kort ortida bolaning o‘rnini egalladi, bola esa Marrey o‘rniga kortga tushdi. 

Ushbu vaziyat hisob Federer foydasiga 6:3, 6:6 (6:5) bo‘layotganda ikkinchi partiyaning  tay-breykida yuz berdi. Bolakay maydonga tushib ikkita to‘p uzatishni muvaffaqiyatsiz amalga oshirgach, raketkani Marreyga qaytarib berdi. Marrey bolaga yana bir bor urinib ko‘rishni taklif qildi, biroq bola unga minnatdorchilik bildirib o‘z o‘rnini egalladi. Shundan keyin Marrey tay-breykni 6:8 hisobida yutqazdi va shu bilan birga uchrashuvni ham boy berdi. 

Uchrashuvdan yig‘ilgan mablag‘ Rojyer Federerning Botsvana Malavi, Namibiya, Zambiya Zimbabve va JAR davlatlari bolalariga yordam ko‘rsatuvchi jamg‘armasiga yo‘llanadi. 

29 aprelda "Afrika uchun match"ning navbatdagi 4-doirasida Federer bilan kortga AQShning sobiq birinchi tennischisi Jon Isner va milliarder Bill Geyts tushadi. Bu uchrashuvlar Sietlda bo‘lib o‘tadi.

2015 yilda Federerning bolgariyalik Grigor Dimitrovga qarshi ko‘rgazmali uchrashuvida kortga bir bola yugurib chiqqan. Shunda Dimitrov bolaga o‘ynab ko‘rish uchun raketkasini bergan. Bolakay ham bo‘sh kelmay, Federer bilan tengma-teng o‘ynab, uni ajoyib tarzda dog‘da qoldirishga muvaffaq bo‘lgan. 

Mavzuga oid