Sport | 23:43 / 11.04.2017
33879
1 daqiqa o‘qiladi

Portlash tufayli «Borussiya» - «Monako» uchrashuvi qoldirildi

Dortmundning «Borussiya» jamoasi YeChLning 1/4 finali doirasida «Monako»ga qarshi uchrashuvni belgilangan vaqtda o‘tkaza olmaydi.

Dortmundda bugun o‘yin boshlanishiga oz vaqt qolganida portlash ro‘y berdi. Futbolchilar klub avtobusi tomon yo‘l olishganida kichik portlash ro‘y bergan. Klub ayni vaqtda futbolchilar xavfsiz joyda ekanini ma'lum qildi, OAVda jamoa himoyachisi Mark Bartra portlash vaqtida qo‘lidan jarohatlangani hamda shifoxonaga yotqizilgani yozildi.

Bartraning qo‘li avtobus derazalari singach, jarohatlangan. Hozircha, futbolchida boshqa jiddiy jarohatlar yo‘qligi xabar qilinmoqda.

«Borussiya» va «Monako» uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 21:45da o‘tkazilishi belgilangandi. Ammo bu o‘yin — 12 aprel kuniga qoldirilgan, uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 21:45da boshlanadi.

Mavzuga oid