Jahon | 00:13 / 12.04.2017
32451
1 daqiqa o‘qiladi

2016 yilda Rossiya qaysi qit'aga qancha qurol sotgan

Rossiyaning harbiy maqsaddagi mahsuloti eksportida Osiyo 1-o‘rinni egallamoqda. Bu haqda Rossiyaning harbiy-texnik hamkorlik federal xizmati direktori Dmitriy Shugayev ma'lum qildi.

Shugayevning aytishicha, qit'alar bo‘yicha taqsimotda Rossiya 2016 yilda eksport qilgan umumiy qurol-aslahaning 53 foizi Osiyo, 42 foizi Afrika, 3 foizi Shimoliy va Janubiy Amerika hamda 2 foizi Yevropa hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Shugayevning aytishicha, bu sohada Filippin bilan ham aloqalar faollashgan.  

"Filippin Rossiya qurol-aslahasining turli namunalariga, birinchi navbatda bronetank va o‘q otar texnika, vertolyot va harbiy-dengiz kuchlari texnikasiga qiziqish bildirmoqda", deb ta'kidlab o‘tgan Shugayev.  

Mavzuga oid