Dortmundda portlashlar joyida topilgan maktubning egasi hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi
Dortmundda portlashlar joyida topilgan maktubning egasi hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi.
Dortmundda "Borussiya" futbol klubi avtobusi yaqinida sodir etilgan portlashlar joyida topilgan maktub muallifi hujum uchun javobgar ekanligini ma'lum qildi. Bu haqda prokuraturaga iqtibos keltirgan holda AP axborot agentligi xabar bermoqda.
Avvalroq maktubning ichini portlashni tergov qilayotgan mutaxassislar o‘rganib chiqishlari ma'lum qilingandi. Politsiyachilar portlashlar ataylab klub avtobusiga qaratilgan bo‘lishi mumkinligini aytishgan, chunki dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, hujum vaqtida jiddiy portlovchi moddalar qo‘llangan.
Eslatib o‘tamiz, "Monako" klubi bilan Chempionlar Ligasining chorak finali 1-uchrashuviga transportda borishi kerak bo‘lgan "Borussiya" klubi avtobusi yonida uchta portlash sodir etildi. Uchrashuv 11 aprelda o‘tishi kerak edi, biroq voqeadan keyin u 12 aprelga ko‘chirildi.
Mavzuga oid
10:06 / 12.09.2024
Samarqandda gaz portlagan «dom» aholisi evakuatsiya qilinmoqda
20:52 / 30.08.2024
Germaniyada Ukraina uchun qurol ishlab chiqaradigan Diehl kompaniyasi zavodida portlash sodir bo‘ldi
00:20 / 25.08.2024
Fransiyada sinagoga yaqinida portlash sodir bo‘ldi
10:29 / 27.07.2024