Jamiyat | 10:57 / 12.04.2017
9627
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya muftisi "yuzlab diniy ulamolar"ni barcha ta'lim muassasalariga jalb qilishga chaqirdi

Rossiya musulmonlari diniy boshqarmasi raisi birinchi o‘rinbosari Damir Muhiddinov davlatni islomiy ta'limni moliyalashtirishni kuchaytirish va muftiyatlar faoliyatini kengaytirishga chaqirdi.

"Jiddiy islomiy ulamolar jamoasi kerak, ular bir-ikki kishi emas, yuzlab kishilardan iborat bo‘lsin. Ular radikalizm haqida emas, balki Islom dinini to‘g‘ri tushunishni maktablar, kollejlar va oliy o‘quv yurtlarida hamda OAVda tushuntirishlari lozim, — degan Muhiddinov "Moskva" shahar yangiliklari agentligiga. — Sharqshunoslik va islomshunoslik kafedralari, fakultetlari, Islom oliy o‘quv yurtlarini tashkil etish uchun mablag‘lar ajratilishi kerak". 

Qayd etish joizki, Rossiyadagi Islom dini tashkilotlari 2006 yil dekabrida davlat ishtirokida tashkil etilgan Islom madaniyati, fani va ta'limini qo‘llab-quvvatlash fondi tomonidan moliyalashtiriladi. 

Mavzuga oid