Usmonov: Davlat bilan hamkorlik qilish mumkin, ammo undan hech narsa olmaslik kerak
Davlat bilan hamkorlik qilish mumkin, biroq undan biror narsa olmaslik kerak. USM Holdings asoschisi Alisher Usmonov davlat aktivlarini xarid qilmasligiga doir o‘z qarashini shunday izohladi.
"Menimcha, davlat mashinasi har doim biznes bilan ziddiyatda bo‘ladi, chunki maqsadlar turlicha: biznes — foydani ko‘zlaydi, davlat — o‘sha foydadan soliq olishni o‘ylaydi. Bir-birini rad etuvchi daromadlar manbaidir. Shu boisdan ham, davlat bilan hamkorlik qilish mumkin, biroq undan hech narsa olmaslik kerak. Shuning uchun men davlatdan arzon garov yoki tekinga biror narsa olishga urinmadim", — degan Usmonov "Vedomosti" gazetasiga bergan intervyusida.
Usmonovning qayd etishicha, u o‘z tartibiga rioya qilgan holda davlat aktivlarini xarid qilmagan.
"Bizning davlatdan xarid qilgan yagona aktivimiz bu Udokan konini o‘zlashtirish bo‘yicha litsenziya bo‘ldi. Buning uchun 500 million dollar to‘ladik. Mazkur xarid mamlakatimizda neftgaz koni bo‘lmagan konni o‘zlashtirish bo‘yicha eng yirigi bo‘lmasa, yiriklaridan biri bo‘ldi", — deb qo‘shimcha qilgan Usmonov.
Mavzuga oid
20:26 / 27.09.2024
Ukraina sudi Alisher Usmonovning qariyb 50 million dollar aktivlarini musodara qildi
22:30 / 22.08.2024
Alisher Usmonov rossiyaliklarga nisbatan joriy qilingan sanksiyalar teskari samara berganini aytdi
12:29 / 24.07.2024
Kuvayt O‘zbekiston bilan tog‘-kon sanoati sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqchi
19:40 / 17.06.2024