Jamiyat | 11:15 / 13.04.2017
61053
1 daqiqa o‘qiladi

Ekspert: Bir mamlakatda ikki xil huquqlarga ega toifa bo‘lishi - «milliy sharmandalik»

O‘zbekiston fuqarolarining doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatda turish amaliyoti milliy sharmandalikdir, poytaxt mintaqasida ro‘yxatdan o‘tishning cheklanishi esa – diskriminatsiyadir. Iqtisodiy taraqqiyotga ko‘maklashish markazi direktori Yuliy Yusupov shunday fikrda.

«Menimcha, 21-asrda bir mamlakat hududida, ularning poytaxt mintaqasida ro‘yxatdan o‘tgani yoki o‘tmaganligi yuzasidan turli xil huquq va imkoniyatlarga ega ikki xil toifadagi fuqarolarning bo‘lishi – bu milliy sharmandalikdir. Haqiqiy kamsitishdir», – deb yozgan taniqli o‘zbekistonlik ekspert Facebook sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, hozirda, boshqa shahardan kelganlar va xorijliklar uchun Toshkent shahri hamda viloyatida ro‘yxatdan o‘tish imkoniyatini birlamchi bozorda uy xarid qilish orqali taqdim etishga yo‘naltirilgan ikkita qonunchilik hujjatlari loyihalari O‘zbekiston Respublikasi me'yoriy-huquqiy hujjatlari saytida muhokama qilinmoqda. 

Mavzuga oid