Samsung Galaxy S8 uchun oldindan buyurtmalar soni barcha taxminlardan oshib ketdi
AQSh va Janubiy Koreyada Samsung’ning yangi smartfoni Galaxy S8 uchun avvaldan buyurtma qilish hajmi barcha taxminlardan ham ko‘p bo‘lib, avvalgi modelning o‘tgan yilgi xuddi shunday ko‘rsatkichlaridan oshib ketdi. Bu haqda CNBC kompaniya bayonotiga asosan xabar berdi.
Ushbu yangilik kompaniya aksiyalari savdosiga katta ta'sir ko‘rsatdi: ular 1,24 foizga qimmatlashdi.
AQSh, Janubiy Koreya va Kanadada Galaxy S8 sotuvlari 21 apreldan boshlanadi, biroq xarid uchun avvaldan buyurtma qilish taqdimot marosimidan so‘ng – 29 martdan boshlandi.
«Butun dunyo bo‘ylab avvaldan buyurtma qilish hajmi kutilganidan ham yaxshi bo‘ldi», - deya xabar berdi Samsung mobil bo‘linmasi rahbari.
Ushbu ko‘rsatkich kompaniya uchun muhim hisoblanadi, sababi u savdolar qanday bo‘lishidan darak beradi.
Counterpoint Research mutaxassislarining fikricha, Samsung 2017 yilda taxminan 50 million dona Galaxy S8 smartfonini chiqaradi. Bundan tashqari, tahlilchilar II-chorakda - Galaxy S8 savdolari boshlanganidan so‘ng rekord darajada daromad kelishini taxmin qilishmoqda.
Shuningdek, ta'kidlanishicha, kompaniya Xitoy bozorida aynan Galaxy S8 yordamida o‘z pozitsiyasini tiklab olishga harakat qiladi.
Mavzuga oid
22:24 / 19.09.2024
Samsung’ning Hindistondagi zavodi xodimlari ish tashlash e’lon qildi
21:48 / 18.09.2024
Xiaomi smartfon ishlab chiqarish bo‘yicha Apple kompaniyasini ortda qoldirdi
19:00 / 29.08.2024
AI televizorlar haqida tasavvurni o‘zgartirib yuboruvchi innovatsiyalarda muhim burilish
16:40 / 08.06.2024