Misrda Muborak davrida IIV rahbari bo‘lgan amaldor yetti yilga qamaldi
Qohira shahri jinoyat ishlari bo‘yicha sudi Husni Muborak davrida mamlakat ichki ishlar vaziri bo‘lgan Habib al-Adlini davlat mablag‘larini o‘zlashtirgani uchun yetti yilga ozodlikdan mahrum qildi, deb xabar bermoqda "Masravi" yangiliklar portali.
Sobiq vazir shuningdek 11 million AQSh dollari miqdorida jarima ham to‘lashi lozimligi belgilab qo‘yildi. Al-Adli bilan birga IIVning yana ikki nafar amaldori qamaldi.
Habib al-Adli avvalgi barcha sud jarayonlarida oqlangandi, jumladan, ular orasida 2011 yilning yanvarida namoyishchiliklarni o‘ldirishga aloqadorlik yuzasidan ish ham bor. Shanba kuni chiqarilgan hukm yuzasidan oliy instansiya sudiga appellyatsiya topshirish imkoni bor.
Mavzuga oid
13:38 / 08.11.2024
Misr Toshkent viloyatida ko‘chmas mulk sohasiga investitsiya kiritmoqchi
10:53 / 07.11.2024
Misr Samarqand viloyati tuman va shaharlarida suv ta’minoti tizimini modernizatsiya qilishi mumkin
12:32 / 06.11.2024
Misr Navoiydagi mis konida burg‘ilash ishlarini boshladi
10:00 / 31.10.2024