Afg‘oniston AQSh va Yevroittifoqni Kobulga taklif qilmoqchi
Afg‘oniston rahbariyati Kobuldagi mintaqaviy maslahatlashuvning kelgusi raundiga AQSh va YeI delegatsiyalarini taklif qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqida Afg‘oniston TIVning siyosat va strategik rejalashtirish masalalari departamenti direktori Muhammad Ashraf Haydariyning so‘zlariga asoslanib, TASS agentligi xabar berdi.
"Bu safar nafaqat Moskva tomonidan taklif qilinganlar, balki AQSh, Yevroittifoq va boshqa hamkor hamda ittifoqdoshlar ham bo‘ladi. Shunda oldinga harakatlanish masalalarini keng muhokama qilish va mitnaqa hamda uning tashqarisidagi barcha manfaatdor tomonlar qo‘llab-quvvatlaydigan tinch jarayonning "yo‘l xaritasi"ni qabul qilish mumkin bo‘ladi", - dedi u.
Shu bilan birga Haydariy tolibonlar vakillari maslahtlashuvlarga taklif qilinmasligini ta'kidladi.
Mavzuga oid
15:44
AQShda jarroh robot videoga qarab operatsiya qilishni o‘rgandi
14:22
AQSh: KXDR askarlari allaqachon Ukrainaga qarshi urushda qatnashmoqda
22:03 / 12.11.2024
AQSh hukumati NUJ bo‘yicha ba’zi ma’lumotlarni oshkor qilishi mumkin
16:55 / 12.11.2024