Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti poraxo‘rlikda ayblandi
Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Pak Kin Xe va Lotte Group raisi Sin Don Binga nisbatan poraxo‘rlik aybi ilgari surildi. Bu haqda Yonxap agentligi xabar qilmoqda.
Agentlikka ko‘ra, Pak Kin Xega umumiy hisobda 14ta band bo‘yicha ayblov e'lon qilingan. Ular orasida, poraxo‘rlik, uchinchi shaxslar orqali pora olish, vakolatlarini suiiste'mol qilgan holda uchinchi shaxslar ishlariga aralashish va ularni jinoiy harakatlarga majbur qilish, begona shaxsga rasmiy maxfiy ma'lumotni oshkor qilish kabilar bor.
Ayblov tomoniga ko‘ra, sobiq prezident Janubiy Koreyaning yirik korporatsiyalaridan pora olgan. Samsung va Lotte shular jumlasidan. Pak Kin Xe 59,2 milliard von (52,02 million dollar) pora olganlikda gumon qilinayapti.
Ayni vaqtda Pak Kin Xe hibsda saqlanmoqda.
Lotte Group raisi Sin Don Bin esa, uchinchi shaxslar ishtirokida pora olganlikda gumon qilinmoqda. Hozircha, uni hibsga olish borasida qaror chiqarilmagan.
Mavzuga oid
17:21 / 14.09.2024
O‘zbekistonlik harbiylar Janubiy Koreyada o‘tkazilgan xalqaro musobaqada 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi
19:06 / 04.09.2024
Telegram Janubiy Koreya rasmiylari talabini bajardi va uzr so‘radi
15:18 / 02.09.2024
Janubiy Koreya Telegram’ga nisbatan tergov boshladi
00:03 / 30.08.2024