Azimov va boshqa mas'ullarga naqd pul mablag‘lari bo‘yicha zarur vazifa yuklatildi
Rustam Azimov va boshqa mas'ullar oldiga naqd pul aylanmasini qisqartirish bo‘yicha «kechiktirib bo‘lmas chora-tadbirlar» ko‘rish vazifasi qo‘yildi. Bu haqda O‘zbekiston hukumatining 2017 yil birinchi choragi yakunlariga bag‘ishlangan majlisi vaqtida aytilgan.
Hukumat majlisida vazirlar hisobot bergan. Xususan, O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Rustam Azimov, Moliya vaziri Botir Xo‘jayev, Iqtisodiyot vaziri Galina Saidova, Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari Saidkamol Xo‘jayev, shuningdek, Qashqadaryo va Namangan viloyatlari hokimlari Zafar Ro‘ziyev va Xayrullo Bozorovning hisobotlari tinglangan.
«Ular oldiga hududiy, moliya-byudjyet va soliq rejalashtirilishini takomillashtirish, mahalliy byudjyetlarning daromad bazasini oshirish amaliy chora-tadbirlarini bajarish, tumanlar va shaharlarning subvensiya darajasini pasaytirish va ularni subvensiyadan chiqarish, naqd pul mablag‘larining bankdan tashqari aylanmasini qisqartirish hisobiga makroiqtisodiy barqarorlikni va iqtisodiy o‘sishning yuqori sur'atlarini saqlashni ta'minlaydigan kechiktirib bo‘lmaydigan kompleks chora-tadbirlar ko‘rish yuzasidan aniq vazifalar qo‘yildi», — deyilgan O‘zA xabarida.
Ushbu vazifalarni amalga oshirishda viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimlarining iqtisodiyot va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha birinchi o‘rinbosarlarining shaxsiy mas'uliyati alohida qayd etib o‘tildi. Ularning ishlari samaradorligi aniq mezonlari bo‘yicha baholanadi.
Mavzuga oid
09:50 / 23.10.2024
Tadbirkorlardan hisobot talab qilib olishda davlat organlari mas’uliyati oshiriladi
18:19 / 21.09.2024
Tadbirkordan yagona ro‘yxatga kiritilmagan hisobotni talab qilish jarimaga sabab bo‘ladi
23:02 / 26.08.2024
AQSh politsiyasi jinoyatlarga oid hisobotlarni yozishda sun’iy intellektdan foydalanishni boshladi
10:30 / 16.08.2024