O‘zbekiston | 09:18 / 18.04.2017
37870
2 daqiqa o‘qiladi

Davlat qo‘mitasidan tumanga. Chilonzorga yangi hokim tayinlandi

O‘tgan haftada Shavkat Mirziyoyevning Chilonzor tumaniga tashrifidan so‘ng tuman hokimi Tohir Mirhidoyatov ishdan olingandi. Keyingi kunlarda  hokim vazifasini uning birinchi o‘rinbosari Bahrom Karimov bajarib kelgan. Endi esa tumanga yangi hokim tayinlandi.

Ishonchli manbaning ma'lum qilishicha, uning o‘rniga 12 aprel kungi videoselektorda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti farmoni loyihasini puxta ishlab chiqishdagi shaxsiy intizomsizligi uchun ishdan olingan Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Davron Hidoyatov tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, 12 aprel kuni prezident Chilonzor tumanida nazorat o‘tkazgan edi. Shavkat Mirziyoyev tashkilotlar hamda mahallalarga tashrif buyurgandi. Tashrif doirasida u 2017—2018 yillar davomida Chilonzor tumanining barcha ichki yo‘llarini to‘liq ta'mirlash va zamonaviy ko‘p qavatli avtomobil turar joylarini qurish vazifasini qo‘ygan.

11 aprel kuni o‘tkazilgan videoselektorda yuqori lavozimli amaldorlar iste'foga chiqarilgan va hayfsanlar berilgandi.

 

Mavzuga oid