O‘zbekistonda yana zilzila kuzatila boshlandi
Toshkent shahri aholisi 18 aprel kuniga o‘tar kechasi soat 04:04da 2 balli zilzila kuchini sezishgan.
«Toshkent» seysmologi markazi ma'lumotiga ko‘ra zilzila epimarkazi Toshkentdan 507 km janubi-sharqiy nuqtada, Afg‘oniston hududidagi Hindikush tog‘larida joylashgan bo‘lib, zilzila kuchi 5,8 ball bo‘lgan. Yer silkinishi kuchini Toshkentdan tashqari Namangan viloyatida ham sezishgan (2 balldan pastroq kuchli). O‘zbekistonning boshqa hududlarida zilzila kuchi sezilmagan.
Zilzila oqibatida jabrlanganlar borligi haqida ma'lumot yo‘q.
O‘zbekiston fanlar akademiyasining seysmologiya instituti 15 aprel kuni ham mamlakatning janubi-sharqida hamda Afg‘oniston shimolida kichik zilzila qayd etgandi.
Ma'lumot uchun, oxirgi marta O‘zbekiston hududida zilzilalar o‘tgan yilning yanvarida kuzatilgandi.
Mavzuga oid
15:52 / 09.09.2024
Marokashdagi zilzilaga bir yil to‘ldi. Aholi hanuz chodirlarda yashab, hukumat va’da qilgan yordamni kutmoqda
07:30 / 09.09.2024
Toshkentda yer silkinishi sodir bo‘ldi
07:10 / 24.08.2024
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Farg‘onada sezildi
23:29 / 15.08.2024