Jahon | 23:16 / 19.04.2017
40601
1 daqiqa o‘qiladi

FSB Azimovning akasi qo‘lga olinishi jarayonini namoyish qildi, uning yonidan granata chiqqan

Peterburg terakti tashkilotchisi sifatidagi asosiy gumondor sifatida hibsga olingan Abror Azimovning akasi Akram Azimov Moskva okrugi hududida avtobus bekatida qo‘lga olindi.

FSB (Federal xavfsizlik xizmati) uning qo‘lga olinishi jarayoni tasvirlarini namoyish qilgan.

Tezkor tadbir jarayoni muhrlangan videoda ko‘rish mumkinki, Akram Azimov bekatda avtobus kutib o‘tirganida qo‘lga olingan. Uning yondan RGD-5 harbiy granatasi topilgan.

Azimovning akasi Qirg‘izistondan Rossiyaga deportatsiya qilindi 

FSB ma'lumotiga ko‘ra, 1988 yilda tug‘ilgan Akram Azimov ukasi Abror Azimovga teraktga tayyorlanish uchun sarflangan mablag‘larni yetkazib bergan.

Sud Abror Azimovni hibsga oldi

Mavzuga oid