Mixga qoqilgan smartfonlar yoxud yashirib telefon ishlatish oqibati!
Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi maslahat.uz guruhi ishtirokchilari orasida mixga qoqilgan S7 EDGE qurilmasi keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Guruh ishtirokchilaridan biri o‘z postida qo‘yidagicha izoh qoldirdi:
"Jiyanim ProfiEducation abituriyentlar yotoqxonasida yashab, imtihonlarga tayyorlanmoqda, bugun uni ko‘rgani borsam, rasmda ko‘rsatilgan holatga duch keldim: yotoqxonada telefon ishlatish mumkin emas, faqat har kuni 18:30 dan 19:00 gacha telefondan foydalanish mumkin, u ham bo‘lsa, ota-onaga telefon qilish uchun, qolgan payt telefonni umuman ishlatish mumkin emas ekan. Jiyanimdan so‘rasam, “Ha, bu oddiy holat, hamma shunga ko‘nikib qolgan” dedi, sizlar nima deb o‘ylaysiz? O‘qitishning bunday usuli foydalimikan? Har holda bunga ham ota-onaning puli ketgan".
Guruh ishtirokchilarining juda ko‘pchiligi bu usulni to‘g‘ri yo‘l deb hisoblashgan. Xususan, ulardan biri bu usulni maktab va kollejlarda ham qo‘llashni tavsiya qildi.
Muhokamalarga markaz rahbari ham qo‘shilgan va bu qo‘llanayotgan usul faqatgina bolaning boshqa narsalarga chalg‘ib qolmasligining oldini olish maqsadida qilinganini ta'kidladi.
Guruh ishtirokchisi Abror Hafizov “Bu telefonlarning narxi ilmsizlikning narxi oldida hech narsa emas” deya fikr qoldirgan. Guruh a'zolari orasida bu usulni noto‘g‘ri deya baho berganlar ham bo‘ldi.
Mazkur postda 300 ga yaqin fikr qoldirilgan hamda unga 200 ga yaqin foydalanuvchi "Like" bosgan.
Mavzuga oid
10:30 / 21.09.2024
USAID O‘zbekistonda ta’limni qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratdi
10:40 / 13.09.2024
Qatar o‘zbekistonlik talabalar uchun ta’lim grantlari sonini ko‘paytirishi mumkin
19:16 / 11.09.2024
Har bir kambag‘al oilaning kamida bir a’zosi oliy ma’lumotli bo‘lishi uchun sharoit yaratiladi
21:41 / 06.09.2024