Jahon | 00:11 / 19.04.2017
9021
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya va Turkiya o‘zaro cheklovlarni iloji boricha tezroq bekor qilishga kelishib oldi

Rossiya va Turkiya agrosanoat mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha o‘zaro cheklovlarning katta qismini olib tashlash istagini bildirdi hamda yaqin ikki haftada bir qator maslahatlashuvlar o‘tkazish va kelgusi harakatlar jadvalini tuzib chiqmoqchi. Bu haqda Rossiya hukumati saytida aytib o‘tildi.

18 aprel, seshanba kuni Moskvada Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Arkadiy Dvorkovich va Turkiya bosh vaziri o‘rinbosari Maxmut Shimshek o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

“Qatnashchilar hozirda mavjud bo‘lgan maksimal miqdordagi cheklovlarning eng qisqa vaqt ichida bekor qilinishiga umumiy intilish borligini ta'kidlab o‘tdilar hamda ba'zi nozik masalalar bo‘yicha bosqichma-bosqich ish talab etilishi borasida umumiy tushuncha borligi ta'kidlandi”, deb aytildi xabarda.

Ta'kidlanishicha, “ikki hafta davomida kelgusi harakatlar jadvalini ishlab chiqish uchun maslahatlashuvlar o‘tkaziladi, jadvalda muddatlar, ba'zi mavjud cheklovlarning olib tashlanishi bosqichlari ko‘zda tutiladi”.

Bundan tashqari, uchrashuv davomida Dvorkovich «Rossiya turk hamkorlari tomonidan bu yil bug‘doy yetkazib berishga kiritilgan cheklovlarning istalgan holda bekor qilinishini kutib qolishi”ga e'tibor qaratdi.

Mavzuga oid