Video: “Taxtlar o‘yini” yo‘nalishidagi qamoqxona-kema
Me'morlar “Taxtlar o‘yini” bosh qahramonlaridan biri Tirion Lannister bo‘lgan turmaga o‘xshash kemadagi qamoqxonani loyihalashtirishdi. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.
Taxminlarga ko‘ra, kemada uch mingdan ortiq mahbusni joylashtirish mumkin. Loyiha yaratuvchilarining ta'kidlashicha, ikki qatordagi yelkanlarga o‘xshash bo‘lgan bu kameralar soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlaganlik uchun sudlanganlarga mo‘ljallangan.
Arxitektorlar g‘oyasiga ko‘ra, har bir kamera maydoni to‘qqiz kvadrat metrni tashkil etadi. Shu bilan birga, qamoqxonani qurishda ishlatiladigan asosiy material qog‘oz bo‘ladi.
Dizaynerlar kemani Panama Papers Jail deb nomlash niyatidalar. Kema nomi Panama Papers deb atalgan mojaroga bog‘liq. Germaniyaning Sueddeutsche Zeitung nashri Panamaning Mossack Fonseca yuridik firmasi hujjatlarini e'lon qildi. Gazetaning yozishicha, ma'lumotlar jahon yetakchilari va ularga yaqin bo‘lgan shaxslarning ofshor sxemalariga aloqadorligidan dalolat beradi.
Shunisi qiziqki, me'morlar po‘rtanali ob-havo sharoitida bir tomoni ochiq bo‘lgan kameralardagi sharoit haqida to‘xtalib o‘tishmagan.
Mavzuga oid
12:50 / 27.09.2024
Xitoyda eng yangi atom suvosti kemasi cho‘kib ketdi
12:15 / 21.08.2024
Kongoda bortida 300 nafar yo‘lovchi bo‘lgan kema cho‘kib ketdi
09:20 / 27.04.2024
Yaman husiychilari Qizil dengizdagi kemalarga yana hujum qildi
12:44 / 08.04.2024