Sport | 08:23 / 23.04.2017
5917
2 daqiqa o‘qiladi

Bundesliga. «Borussiya» so‘nggi daqiqalardagi gol evaziga «Borussiya»ni mag‘lub etdi

Germaniya bundesligasining 30-turidan o‘rin olgan markaziy uchrashuv ikki «Borussiya» jamoalari o‘zaro ro‘baro‘ kelishdi.

Myongxengladbaxdagi uchrashuvda avvaliga mehmonlar hisobni ochishgandi. Keyin Myongxengladbax ikki to‘p kiritib hisobda oldinga chiqib oldi. Biroq qolgan daqiqalarda Dortmund o‘zi uchun kerakli bo‘lgan natijaga erisha oldi. Obameyang hisobni tenglashtirgan bo‘lsa, Rafael Gerreyru so‘nggi daqiqalarda Dortmundga g‘alaba keltirgan golni kiritdi.

Ushbu g‘alabadan keyin «Borussiya» hisobidagi ochkolar soni 56taga yetdi va jamoa «Hoffenhaym»ni quvib o‘tib, 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Germaniya bundesligasi, 30-tur

Borussiya M – Borussiya D 2:3 (1:1)
Gollar: Shtindl (43), Shmeltser (48, avtogol) – Roys (10, penalti), Obameyang (59), Gerreyru (87).
Borussiya M: Zommer, Elvedi (Korb, 81), Kristensen, Vestergor, Vendt, Traore (Xerrmann, 71), Daud (Benesh, 64), Shtrobl, Xofmann, Xan, Shtindl.
Borussiya D: Byurki, Ginter, Bender, Shmeltser, Durm, Kastro, Shaxin (Merino, 22), Gerreyru, Dembele (Mor, 87), Roys (Obameyang, 57), Pulishich.
Ogohlantirishlar: Daud (9), Kastro (54), Elvedi (71), Merino (79), Byurki (90).

Mavzuga oid