Hindistonda politsiyachi qoplondan qochib tomdan sakrashga majbur bo‘ldi
Hindistonning Kuruli qishlog‘i politsiya xodimi yovvoyi qoplon qurboniga aylanmaslik uchun tomdan sakrashiga to‘g‘ri keldi. India Express shu haqida xabar berdi.
Politsiyachi Bijay Kuntiya qishloqqa kirib qolgan va molxonaga yashirinib olgan yirtqichni qo‘lga olishda yordam berayotgan edi. Biroq kutilmaganda jonivor tomga chiqib oldi va huquq himoyachisiga hujum qilishga urindi. Qoplon politsiyachini tirnashga ulgurib, uning ketidan yugurdi.
Mazkur voqea natijasida politsiya xodimi jarohat olib, shifoxonaga joylashtirildi. Undan tashqari yana ikki kishi jabrlandi, ulardan biri - 16 yoshli o‘smir bo‘lgan.
Qoplonni 12 soat deganda qo‘lga olishga muvaffaq bo‘lindi. Hozirda uni hayvonot bog‘iga ko‘chirish rejalashtirilmoqda.
Mavzuga oid
14:25 / 28.09.2024
O‘zbekiston va Hindiston ikki tomonlama investitsiya shartnomasi imzoladi
23:11 / 27.09.2024
Hindistonda 50 dan ortiq dori-darmonlar sifatida muammo aniqlandi
15:07 / 27.09.2024
Festival fojiaga aylandi: Hindistonda 46 kishi cho‘kib ketdi, ularning aksariyati bolalar
22:19 / 24.09.2024