Jahon | 10:28 / 25.04.2017
15320
2 daqiqa o‘qiladi

KXDR Vonsan porti yaqinida yirik artilleriya mashg‘uloti o‘tkazdi

KXDR Vonsan shahri porti joylashgan hududda yirik artilleriya mashg‘ulotlarini o‘tkazdi. Bu haqda hukumatdagi manbasiga asoslanib Yonhap agentligi xabar bergan.

Agentlik xabariga ko‘ra, shu orqali armiya tashkil etilganining 85 yilligi nishonlangan. Mashg‘ulotlarni mamlakat rahbari Kim Chen In kuzatib borgani aytilgan.

Koreya yarim orolida shu yili KXDR tomonidan oltinchi marta yadroviy sinov o‘tkazilishi rejalashtirilgani to‘g‘risidagi xabarlar ortidan tang vaziyat yuzaga keldi.

Shimoliy Koreya tangligi: AQSh bu tahdid oldida chorasizmi?

Aprel oyi boshida KXDR ballistik raketalar uchirdi. Shundan so‘ng AQSh Pxenyanning harakatlariga qarshi keskin choralar ko‘rilishini ma'lum qildi. Ko‘p o‘tmasdan hududga «Karl Vinson» atom avianosetsi boshchiligidagi zarbdor guruh yo‘llandi.

Bundan tashqari Vashington va Seul Shimoliy Koreya tomondan zarba berilishi mumkinligini vaj qilib, Janubiy Koreyada, Seuldan 300 km uzoqlikda THAAD raketalar hujumiga qarshi mudofaa tizimini joylashtirmoqda. 9 tagacha gusenitsali mobil qurilma va 72 ta urib tushiruvchi raketadan iborat bo‘lgan THAAD batareyasi avvalambor Pxenyanni, qolaversa Rossiya va Xitoyni ham xavotirlantirmoqda. Bir qaraganda, raketalar uncha ko‘p emasga o‘xshaydi, uning ta'sir qilish doirasi 200 km dan oshmaydi, biroq bu tizim Shimoliy Koreyaning Pentagonning Janubiy Koreyadagi obektlariga javob zarbasi samarasini kamaytirishi mumkin. THAAD tizimi shuningdek kemalarga, aviatsiyaga nishon koordinatalarini berishi mumkin va mohiyatan, global RQM tizimining bir qismi hisoblanadi. Shubhasiz, bu tizim qattiq qo‘riqlanadi.

Shimoliy Koreya maxsus operatsiyalarni bajaruvchi yangi qo‘shinlarini rasman namoyish qildi

Mavzuga oid