Tojikiston antikorrupsiya agentligining sobiq rahbarlariga «ov» boshlandi. Ulardan biri Qirg‘iziston chegarasida ushlandi
Tojikiston korrupsiyaga qarshi kurash agentligi rahbarining sobiq o‘rinbosari Davlatbek Xayrzoda respublikadan chiqib ketishga uringanida Qirg‘iziston bilan chegaradosh hududda qo‘lga olingan. Bu haqda Asia-Plus o‘z manbasiga asoslanib xabar berdi.
Xayrzoda 2015 yilning martida agentlik direktoriga o‘rinbosar bo‘lgandi. U shu yilning yanvarida nafaqaga chiqarilgan.
Shu kuni Dushanbe shahrida antikorrupsiya agentligining tashkiliy-inspektorlik boshqarmasi rahbari Jamoliddin Muhammadzoda qo‘lga olindi. U bu lavozimga o‘tgan yilning dekabrida tayinlangandi.
Ma'lum qilinishicha, shu kunlarda agentlikning sobiq tergovchisi Firdavs Niyozbadalov ham qo‘lga olingan.
Agentlik ma'lumotiga ko‘ra, jami bo‘lib agentlikning 17 xodimi qo‘lga olingan. Tashkilotning yana bir vakili Umed Kamolov qidiruvga berilgan.
Qo‘lga olinganlarning barchasi shu vaqtgacha lavozimlaridan bo‘shagandi. Ularning ishdan ketishi sabablari keltirilmagan.
Mavzuga oid
20:19 / 08.08.2024
Tojikistonda Xitoy bilan hamkorlikda harbiy baza qurilishi rad etildi
09:59 / 19.01.2024
Bryussel Dushanbeni jurnalistlarga bosim o‘tkazishni to‘xtatishga chaqirdi
10:31 / 14.09.2023
Markaziy Osiyo mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari Dushanbeda yig‘ilish o‘tkazdi
11:43 / 13.09.2023