Jahon | 17:08 / 27.04.2017
50317
4 daqiqa o‘qiladi

Isroil Suriyaga zarba bermoqda, Rossiya jim turibdi

Foto: Reuters

Isroil payshanba kuni Suriya poytaxti Damashqning janubi-g‘arbiy qismidagi harbiy pozitsiyalarga raketa zarbalari berdi. Bu haqda Suriya davlat OAVlari xabar tarqatdi.

Shahar aeroporti yaqinidagi “Isroil tajovuzkorligi” natijasi sabab portlashlar va moddiy zarar yetkazilgan, deb xabar bermoqda OAV qurolli kuchlardagi manbaga asosan.

Mintaqadagi Suriya ko‘ngilli qurolli kuchlaridagi manbalarning aytishicha, Isroil Livanning “Hezbollah” guruhining Damashq aeroporti yaqinidagi qurol-yarog‘ omborlariga zarba bergan hamda Erondan tijoriy va harbiy samolyotlar yordamida yetkazib beriluvchi qurollarni yo‘q qilishga uringan.

Livan telekanallari tomonidan ko‘rsatilgan va ijtimoiy tarmoqlarda e'lon qilingan videoda havo zarbalari tufayli aeroport yonida yong‘in yuz berganini ko‘rish mumkin. Bu esa zarbalar yoqilg‘i yoki portlovchi moddalarga ega bo‘lgan qurol-yarog‘larga qarata qilingani haqidagi taxminlarni keltirib chiqaradi.

Suriya davlat OAVning xabar berishicha, Isroil raketalari harbiy pozitsiyalarga zarba bergan, biroq ular qurol-yarog‘ va yoqilg‘i haqida lom-mim ham deyishmadi.

Isroil odatda Suriya va umuman mintaqada amalga oshirilgan harakatlarga izoh bermaydi, biroq aftidan, mamlakat razvedka vaziri Israel Kats AQShdagi Army Radio radiostansiyasi efirida chiqish qilar ekan, Quddusning bunga aloqasi borligini tasdiqladi.

"Suriyadagi hodisa Isroilning Eronning “Hezbollah” orqali Suriyaga noqonuniy ravishda zamonaviy qurol-yarog‘ni yetkazib berishiga qarshi qaratilgan siyosatiga to‘la mos tushadi", - degan u.

Isroil armiyasi vakili: “Biz bunday xabarlarni izohlay olmaymiz”, dedi.

Asad olti yillik fuqarolik urushi davomida Rossiya, Eron va shialar jangarilariga tayanmoqda. Ularning ichida Livanning “Hezbollah” guruhi bor – u Tehronning yaqin ittifoqchisi va Isroil dushmani sanaladi. Isroil guruhni o‘z chegarasi uchun yirik tahdid, deb ataydi va 2006 yilda u bilan bir oylik urushga kirishdi.

G‘arb esa Asadga qarshi isyonchilarni qo‘llab-quvvatlaydi. AQSh prezidenti Donald Tramp aprel boshida Suriya aviabazasiga 50dan ortiq qanotli raketalarni uchirish haqida buyruq berdi. G‘arbning fikricha, aynan o‘sha yerdan bolalar va kattalarning hayotiga zomin bo‘lgan kimyoviy hujum amalga oshirilgan.

Qayd etish kerakki, AQShning Suriyaga hujumidan keyin Rossiya keskin munosabat bildirgan, AQSh bilan bir-biriga hujum qilmaslik bo‘yicha memorandumni bekor qilgandi. Bu safar esa Rossiya tomoni munosabat bildirmayapti, OAV ham jim.

Erdo‘g‘an Putin bilan Asad mavzusidagi suhbati tafsilotlarini keltirdi

Qolaversa, bir kun oldin Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov prezident Bashar Asadning advokati emasligi haqida ma'lum qilib o‘tgan va bu Asaddan voz kechilayotganiga ishora sifatida qabul qilingandi.

Damashq xalqaro aeroporti yaqinida portlash ro‘y berdi

OAV: Damashq aeroporti yaqinidagi kuchli portlash Isroil zarbasi sababli ro‘y bergan 

Mavzuga oid