Nazarboyev nega mamlakatda uyali telefonlarni o‘g‘irlashlarini aytdi
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Qozog‘iston xalqi assambleyasi sessiyasi vaqtidagi chiqishi davomida mamlakat axborot va kommunikatsiyalar vaziri Dauren Abayevga savol bilan murojaat qilgan. Vazirdan nima uchun bugungi kunda ko‘proq uyali telefonlarni o‘marishayotgani haqida so‘raldi, deb xabar bermoqda Nuz.kz.
"Darvoqe, bugungi kunda ko‘proq uyali telefonlarni o‘g‘irlashmoqda. Dauren Abayev, shu yerdamisiz? O, axborot vaziri. Eng ko‘p kichik o‘g‘irliklar – bu telefonlarni o‘marish, bilasizmi nega? Chunki telefon raqamini olishga kelishadi, shu orqali topa olishmaydi.
Shaxsiy telefon raqamini ro‘yxatdan o‘tkazsa, hech kim uni o‘g‘irlamaydi, sababi unga chip berishmaydi. Aytishadi – bu seniki emas, bu masalan, Sidorovning telefoni, deyishadi. Juda oddiyku axir", - deya murojaat qilgan prezident Abayevga.
Vazir esa bunga javoban “qilamiz” so‘zlari bilan boshini qimirlatgan. "Buni meni chiqish qilishimga qadar qilish mumkin edi, to‘g‘rimi? Oddiy narsa. Endi esa qilamiz, deyapti", - deya kulgan Nazarboyev.
Eslatib o‘tamiz, Ostona shahrida mamlakat prezident raisligida Qozog‘iston xalqi assambleyasining XXV sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Mavzuga oid
09:24 / 27.09.2024
O‘tgan 8 oyda O‘zbekistonga kuniga 10 ming donadan oshiq telefon olib kirilgani ma’lum qilindi
12:14 / 26.09.2024
iPhone 16'dagi o‘zgarishlar va “pont” uchun 3 karra to‘lov - Apple kutilmalarni oqlayaptimi?
14:46 / 31.08.2024
Vertu 500 ming dollarlik knopkali telefonni sotuvga chiqardi
18:42 / 30.08.2024