O‘zbekiston | 17:58 / 27.04.2017
91242
2 daqiqa o‘qiladi

Foto: Prezident Jizzaxda xalq bilan muloqot qildi

Foto: fb.com/Mirziyoyev

Prezident Sharof Rashidov tumani «Yangiobod» mahalla fuqarolar yig‘ini faoliyati, profilaktika inspektori yashash joyi bilan tanishib, «Uchtepa» massivida yangilangan namunaviy loyihalar asosida barpo etilgan uy-joylarda yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi. 

O‘zA xabariga ko‘ra, davlat rahbarining 2016 yil 21 oktabrdagi «2017-2021 yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturi to‘g‘risida»gi qarori ijrosi doirasida barpo etilgan har biri 16 xonadonli 2 ta ikki qavatli va 10 xonadonga mo‘ljallangan 2, 3 xonali, 2 sotix tomorqa va yordamchi inshootlarga ega bitta bir qavatli uyda 42 oilaning zamonaviy sharoitlarda yashashi uchun barcha qulaylik yaratilgan. 

Bunday zamonaviy uylar qishloq ko‘rkiga ko‘rk qo‘shish va aholi turmush farovonligini yuksaltirish bilan birga, odamlarda davlatimizga va ertangi kunga ishonch tuyg‘usini yanada mustahkamlamoqda. 

Yangi uylar «Yangiobod» mahalla fuqarolar yig‘ini kengashi tavsiyasi bilan birinchi navbatda turar joyga ehtiyojmand yosh oilalarga berildi. Uylar yosh oilalarga manzur bo‘lmoqda. 

«Mahalla raisi va profilaktika inspektori har kuni har bir oilaning holidan xabardor bo‘lishi kerak», degan prezident. 

Davlat rahbari xalq bilan muloqot qilgan. 

Joriy yilda viloyatda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha 18 massivda 866 uy-joy qurilishi mo‘ljallangan. «Uchtepa» massivida 6 ta 2 qavatli 16 xonadonli arzon uy-joylar qurilishi olib borilmoqda. Mazkur uylar 1 sentabrgacha foydalanishga topshirilishi mo‘ljallangan. 

Mavzuga oid