Jahon | 23:38 / 28.04.2017
10974
1 daqiqa o‘qiladi
AQSh politsiyasi "qurollangan" mushukni qo‘lga tushirmoqchi bo‘ldi
AQShning Nyuport shahri (Oregon shtati) politsiyasi fuqarolardan biri daraxtda "panjalarida avtomat ushlagan" mushuk o‘tirganini ma'lum qilgandan keyin bu "qurollangan" mushukni qo‘lga olgani otlangan.
Politsiya bu xabar mantiqsiz tuyulsa-da, biroq voqea joyiga yetib kelgan. Ma'lum bo‘lishicha, "avtomat" oddiy shox bo‘lib chiqqan.
"Bugun ertalab qurollangan mushuk haqida tushgan xabar asossiz bo‘lib chiqdi. Xizmat itimiz mushukni tekshirgan va mushuk oddiy shox ushlab olgani aniqlangan. Mushukka yanglish tarzda avtomat deb qabul qilingan narsa bilan suratga tushgani uchun og‘zaki ogohlantirish berildi", deb hazil aralash ma'lum qilingan politsiya xabarida.
Mavzuga oid
07:20 / 18.09.2024
O‘zbekistonga o‘qotar qurol olib kirmoqchi bo‘lgan fuqaro ushlandi
08:14 / 29.08.2024
O‘qotar bo‘lmagan qurolni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikka tortilmaydi
11:28 / 19.08.2024
Amnesty International mojarolar hududiga qurol yetkazib berilishini qoraladi
14:47 / 26.06.2024