Qozog‘iston Shimoliy Koreyaga undan o‘rnak olishni maslahat qildi
Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Qayrat Abdraxmanov Shimoliy Koreyaga davlatni yadro qurolisiz rivojlantirish masalasida Qozog‘istondan o‘rnak olishni maslahat qildi.
"Biz ixtilofning tinch hal qilinishiga chorlab kelamiz. Qozog‘iston hanuzgacha sovuq urushning vayronkor merosi bilan kurashishga majbur, bizning davlat yadroviy sinovlar uchun 2-raqamli eng yirik maydon bo‘lgan. Uning yopilishi, yirik miqdordagi yadroviy qurolning yo‘q qilinishi davlatimizning katta yutug‘idir", deb aytdi Abdraxmanov.
Abdraxmanov Qozog‘iston davlat yadroviy qurolsiz ham ajoyib tarzda rivojlana olishiga a'lo darajada misol bo‘la olishiga ishonchi komilligini aytdi.
"Bizning noyadroviy maqomimiz noyadroviy rivojlanish yagona to‘g‘ri va imkoni bor yo‘l ekanligiga ishonchli misoldir. Biz Shimoliy Koreyani ham shunday tanlovni amalga oshirishga chorlaymiz", deb qo‘shimcha qildi vazir.
Ayni vaqtda Nyu-Yorkda BMT Xavfsizlik kengashining Shimoliy Koreya yadroviy dasturi rivojlanishiga bag‘ishlangan yig‘ilishi o‘tmoqda.
Mavzuga oid
20:44 / 04.10.2024
Kim Chen In Shimoliy Koreyaga hujum qilinsa, yadro qurolidan foydalanish bilan tahdid qildi
16:00 / 04.10.2024
Samarqandda O‘zbekiston va Qozog‘iston hududlar rahbarlari kengashi uchrashuvi bo‘lib o‘tadi
13:48 / 04.10.2024
O‘zbekiston DXX raisi Abdusalom Azizov Ostonada MDH davlatlaridagi hamkasblari bilan uchrashdi
14:28 / 02.10.2024