29-Osiyo chempionati 49 kggacha vazn toifasi chorak finalchilari ma'lum bo‘ldi
Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan boks bo‘yicha 29-Osiyo chempionatining 46-49 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan bokschilarning chorak finalda ishtirok etuvchilar nomlari ma'lum bo‘ldi.
Unga ko‘ra, o‘zbekistonlik Hasanboy Do‘smatov qozog‘istonlik Yerjon Jo‘martga qarshi ringga ko‘tariladi. Qolgan juftliklar esa quyidagicha:
Amit (Hindiston) – Kuangi Langu (Indoneziya)
Ganghuyag Gan Erdin (Mo‘g‘uliston) – He Junjun (Xitoy)
Al Masri Hussin (Suriya) – Ladon Rogen (Filippin)
Eslatib o‘tamiz, Hasanboy Do‘smatov chempionat doirasidagi ilk jangida shri-lankalik raqibi Palleha Tsivankani mag‘lub etdi.
Hozirda 75 kg vazn toifasidagi bokschilarning kurashi bo‘lib o‘tmoqda. Unda akrobat bokschimiz Isroil Madrimov falastinlik Abudabat Qosimga qarshi ringga ko‘tariladi.
Mavzuga oid
10:17 / 22.09.2024
Entoni Joshua titul uchun jangda bir necha bor polga quladi
13:47 / 11.09.2024
Qirg‘iziston prezidenti o‘zbekistonlik boks murabbiyi Akmal Hasanovga avtomobil sovg‘a qildi
09:00 / 21.08.2024
Urishqoq boladan olimpiada chempionligigacha - Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev xonadonidan reportaj
18:29 / 16.08.2024